Monopoliyaga qarshi tartibga solish, narxlar va tariflarni nazorat qilish boshqarmasi
Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib borish;
narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlar narxlarini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha takliflar tayyorlash;
ustun mavqeini egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlari qoʻllanilishi holatlarini tahlil qilish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiisteʼmol qilishini aniqlash va ularga chek qoʻyish;
isteʼmol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning dinamikasi va narx shakllanishi mexanizmlarini oʻrganish;
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilish;
tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati amalga oshirish;
Qoʻmita tomonidan yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hududiy boshqarmalar va tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda samarali bajarilishini taʼminlash;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotlarda qatnashish, rahbariyat topshirigʻi bilan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi monitoringi holati yuzasidan berilgan axborot asosida ijrosi nazoratga olingan hujjatlar bajarilishini va murojaatlarning koʻrib chiqilishini oʻrnatilgan muddatlarda taʼminlash boʻyicha mutasaddi xodimlar bilan birgalikda zaruriy amaliy chora-tadbirlarni belgilash va ularni amalga oshirish;
Boshqarmaga yuklatilgan topshiriqlarni soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish, belgilangan koʻrsatkichlarga erishish uchun xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish.
- Boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib borish;
raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarining asossiz oʻsishini aniqlaydi va ularga chek qoʻyadi;
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;
bozor subyektlari faoliyatiga salbiy taʼsir etuvchi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish hamda raqobatni rivojlantirish boʻyicha qonunchilik hujjatlari loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etish;
raqobat holati va Qoʻmita tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tahliliy hisobotlarni (hisobotlarni) tayyorlashda ishtirok etish;
raqobat toʻgʻrisidagi siyosatini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va raqobatni rivojlantirish;
boshqarmaning vazifalari va funksiyalariga kiradigan masalalar boʻyicha Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar rasmiy soʻroviga muvofiq davlat organlari tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlarda vakolat doirasida qatnashish, bunda monopoliyaga qarshi qonunchilik talablari yuzasidan tegishli yozma xulosalar berish, shu jumladan, oʻtkaziladigan tekshirishlarda dalolatnomalar tuzish;
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil etishda ishtirok etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish;
boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.