Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish boshqarmasi
- Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qo‘mitaga yuklatilgan funksiya va vazifalarni hududiy boshqarmalar va qo‘mitaga qarashli tashkilotlar bilan samarali bajarilishini ta’minlash;
raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga ko‘maklashish;
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini berish orqali davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish ustidan nazoratni amalga oshirish;
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplaensni joriy qilish va uni nazoratini amalga oshirish;
Boshqarma faoliyati sohasining me’yoriy-huquqiy va metodologik bazasini takomillashtirish.
Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir harakatlarni (bitimlarni) amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasini nazorat qiladi;
tovar, moliya va raqamli bozorlarda bozor konsentratsiyasini baholaydi;
bozor konsentratsiyasini nazorat qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda, qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirishda, faoliyat turi o‘zgarganda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini berish yuasidan tovar (ish, hizmatlar) bozorida o‘rganishlar oʻtkazish hamda maʼlumotlarni belgilangan tartibda komissiyaga taqdim qiladi;
davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy qiladi va uni nazoratini amalga oshiradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarining qo‘shilishi, birlashishi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalarini (ulushlari) olishga oldindan ruxsat berish hamda ushbu sohadagi qonunbuzilishlar to‘g‘risida arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyaning ishchi organi funksiyalarini bajaradi;
monopoliyaga qarshi kurash komplaensi samaradorligining muhim ko‘rsatkichlarini bajarish natijalarini baholaydi;
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy va metodologik bazasini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
Boshqarma va bozor konsentratsiyasini nazorat qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Qo‘mitaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hamkorlikni tashkillashtiradi;
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
Boshqarma o‘z vakolati doirasida qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur harakatlarni amalga oshiradi;
Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
.