Bo‘limning vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qo‘yishning maksimal darajada shaffof va adolatli tartibini joriy etish;
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5843-son Farmoniga asosan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlardagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risidagi tartibga asosan ish yuritish;
Muvaffaqiyatli xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda menejmentning zamonaviy tizimlari asosida kadrlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish;
Kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari Qo‘mita tizimi oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yo‘naltirilgan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
Qo‘mitaning mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini Qo‘mita oldida turgan vazifalarga, ularni rivojlantirish strategiyalariga, shuningdek, mehnat bozoridagi o‘zgarib borayotgan tashqi va ichki konyunkturaga mos ravishda qanoatlantirish;
Qo‘mita xodimlari uchun mansab pog‘onalaridan ko‘tarilishda mehnat faoliyatini axloq-iroda sifatlari, iqtidori va ko‘nikmalarini obyektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratish;
Kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish va maksimal to‘liq ishtirok etishini ta’minlash asosida Qo‘mita oldida turgan vazifalarga erishishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda ko‘maklashish;
Davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish;
Muntazam asosda kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz ta’lim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), shu jumladan xorijda tashkil etish;
Kadrlar strategiyasini ishlab chiqish va xodimlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish;
Qo‘mita tuzilmasi va shtatni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Qo‘mitaning maqsadlari, strategiyasi va ixtisoslashuviga muvofiq kadrlarni ularning malakasini, shaxsiy va ishchanlik fazilatini baholash asosida to‘plash, tanlab olish va joylashtirish;
Xodimlar bilan ishlaganda mehnat qonunchiligi me’yorlariga amal qilinishini ta’minlash;
Asosiy lavozimlarga kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlash, shuningdek rahbarlik lavozimlarga taklif qilish.
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan birgalikda amaldagi qonunchilikka muvofiq Qo‘mita xodimlarining tanlab olinishi va joy-joyga qo‘yilishini;
yosh mutaxassislarni ular o‘quv muassasasida olgan kasbi mutaxassisligiga muvofiq qabul qilish, joylashtirish va joy-joyiga qo‘ylishini;
ularni stajirovkasini va ishlab chiqarish faoliyatiga moslashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishni ta’minlash;
mehnat qonunchiligiga, nizomlar, yo‘riqnomalar, Qo‘mita rahbarining farmoyishlari va buyruqlariga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ishdan bo‘shatishni o‘z vaqtida rasmiylashtirish;
kadrlarning kasbiy-malaka tarkibi asosida Qo‘mitada kadrlarga oid vaziyat dinamikasini muntazam tahlil qilish, uning o‘zgarishini prognozlash va rejali takomillashtirish;
lavozimlarni egallash tizimini ishlab chiqish, xodimlarni tanlab olishda, joy-joyiga qo‘yishda, ularning kasbiy o‘sishini rejalashtirishda ularning ishchanlik va kasbiy fazilatlarini o‘rganishning zamonaviy usullarini qo‘llash;
ishga qabul qilingan xodimlarni umumiy va kasbiy moslashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
barcha boshqaruv darajalarida kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda uni yakka tartibli rejalar bo‘yicha maqsadli tayyorlash, kadrlar zaxirasini vaqti-vaqti bilan baholash va ularning rahbarlik lavozimlarini egallashga tayyorligi darajasi haqida xulosa tayyorlash, kadrlarning stajirovkadan o‘tkazish va rotatsiyasi, ularni maxsus kurslarda o‘qitish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
xodimlarni va ularning foliyati natijalarini kompleks baholash tizimini ishlab chiqishda ishtirok etish;
xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish; attestatsiya natijalarini tahlil qilish va attestatsiya komissiyasi qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish; attestatsiyadan o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;
moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning amaldagi shakllari samaradorligini tahlil qilish, ularning xodimlarning mehnatdagi va ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sirini kuchaytirish bo‘yicha takliflar kiritish, personalni motivatsiyalashni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
xodimlarni kasbga o‘qitish, qayta o‘qitish, malaka oshirishni tashkil qilish;
kadrlar ishining ilmiy-uslubiy ta’minoti, uning moddiy bazasini yangilash, kadrlarni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha ishlarni zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda tashkil qilish;
qo‘mitaning shtatlar jadvalini tayyorlashda va rahbariyatga tasdiqlash uchun kiritishda ishtirok etish, qabul qilingan buyruqlarga muvofiq ularni tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish;
tabel hisobini yuritishni, xodimlarning miqdor va sifat tarkibi, ularni rivojlantirish va harakati, ta’tillar jadvalini tuzish va bajarish haqida jamg‘ariladigan ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritishni tashkil qilish;
qonunchilikda nazarda tugilgan kadrlar bo‘yicha hisobotlar va axborotni mehnat organlari, statistika va boshqa davlat organlari uchun tayyorlash;
xodimlarning shaxsiy yig‘majildlari va boshqa hisob materiallarini shakllantirish va yuritish, ular arxivga topshirilguncha ularga xodimlarning mehnat faoliyati bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritish;
mehnat daftarchalarini yuritish, hisobini olib borish va saqlash, mehnat stajining hisobini olib borish. Qo‘mita tizimi bo‘yicha barcha xodimlarning ma’lumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni tashkil etish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2019-yildagi PQ 4502-son qarori);
kadrlarga oid hujjatlarni shakllantirish va saqlash, hujjatlarni arxivlash va ularni Bo‘lim bo‘yicha yig‘majildlar nomenklaturasiga muvofiq belgilangan tartibda arxivga topshirishning belgilangan tartibiga rioya qilish;
Qo‘mita xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;
xodimlarning hozirgi va oldingi mehnat faoliyati haqida ma’lumotlarni boshqa organlar va muassasalarga taqdim etish uchun berish;
Qo‘mita bo‘linmalarida mehnat intizomi holatini hamda xodimlarning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishni tashkil qilish;
Mehnat intizomini mustahkamlash, kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish, ish vaqtini yo‘qotish, ularning bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
xodimlarga bandlik sohasidagi ijtimoiy kafolatlarni, bo‘shagan xodimlarni ishga joylashtirish va qayta o‘qitish tartibiga rioya etilishini, ularga belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishini ta’minlash;
davlat mukofotlari, fahriy yorliqlar bilan takdirlash, faxrli unvonlar berish va xodimlarni rag‘batlantirishning boshqa turlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar va materiallar tayyorlash va belgilangan tartibda Qo‘mita rahbariyatiga kiritish;
Qo‘mita hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining kadrlar bo‘yicha mutaxassislar va inspektorlarga uslubiy rahbarlik qilish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Kasaba uyushmasi bilan birgalikda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va mehnat muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xatlar, shikoyatlar va arizalarni ko‘rib chiqish;
Bo‘lim qonun hujjatlariga, Qo‘mita raisi, Hay’at qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.