Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
I. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari va Prezident Administrasiyasi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarorlari va topshiriqlarining ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;
Qoʻmita Markaziy apparati, hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlarida Ish yuritish yoʻriqnomasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish, ish yuritish jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari, hududiy organlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatida ish yuritish va nazorat qilish boʻyicha uslubiy rahbarlik qilish, ishlarni muvofiqlashtirish va hujjatlar bilan ishlash holatini oʻrganish;
markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlarida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga rioya etilishida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatish, bu haqda Qoʻmita rahbariyatini xabardor qilish;
hujjat aylanishi, hisobini yuritish, hujjatlarning bajarilishini tahlil qilish va nazorat qilishning yagona tizimini takomillashtirishda uslubiy yordam koʻrsatish;
kiruvchi, ichki va chiquvchi hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiq tizimli hisobini yuritish;
Qoʻmitaning idoraviy arxiviga saqlash uchun topshirilgan markaziy apparat hujjatlarining saqlanishi va foydalanilishini ta’minlash;
Qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatida hujjatlar bilan ishlashni ta’minlash hamda xodimlarining ish yuritish tizimi va arxivlarni yuritish boʻyicha savodxonligini oshirishga koʻmaklashish;
hujjatlar va idoraviy arxiv hujjatlari bilan ishlashda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishda ishtirok etish, ishlarni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishi, topshiriqlar va hujjatlarning ijrosini oʻz vaqtida ta’minlanishini nazorat va tahlil qilinishi, hujjatlarning harakati va hisobini yuritishning yagona tizimini joriy etilishini ta’minlash;
Qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida ijro intizomi va nazoratni tashkil etish boʻyicha metodik boshqaruvni tashkil etish;
Qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida ijro intizomi holatini oʻrganish va muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur yordam koʻrsatish va bu haqda markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlarini xabardor qilish;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, hujjatlar ijrosini nazorat va tahlil qilish, hujjatlarning harakati, hisobi va roʻyxatga olish tizimini takomillashtirish masalalari boʻyicha metodik yordam koʻrsatish;
Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy organlari faoliyatini natijadorligini baholash, ular boʻyicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlab rahbariyatga kiritib borish;
Hududiy organlar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda Qoʻmitaning hududiy organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
hududiy boshqarmalar bilan hamkorlikda hududlarda raqobatni rivojlantirish choralarini koʻrish boʻyicha takliflar tayyorlash;
raqobatni rivojlantirish uchun hududlar salohiyati va imkoniyatini oʻrganib chiqib, tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
hududlarda raqobatni rivojlantirishning ahvoli va uning qatnashchilari toʻgʻrisida jamoatchilikni keng xabardor qilishni tashkil etilishida qatnashish;
tegishliligi boʻyicha hududiy organlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda yillik va choraklik hisobotlar taqdim etib borilishi, Qoʻmita tomonidan yuborilgan yozma va ogʻzaki murojaatlarni hududiy boshqarmalar tomonidan oʻz vaqtida, toʻlaqonli va tezkor koʻrib chiqilishi va javob taqdim etib borilishini nazorat qilish;
Boshqarmaning vakolat va majburiyatlaridan kelib chiqib boshqa ishlarni amalga oshirish.
II. Boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida hujjatlar va topshiriqlarning ijrosini qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda oʻz vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish;
oʻz mansubligiga koʻra kiruvchi hujjatlarni qabul qiladi, roʻyxatga oladi, hisobini yuritadi, tarqatadi;
chiquvchi yozishmalarni qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalaridan qabul qiladi va joʻnatadi;
Qoʻmita tizimida qoʻllaniladigan elektron hujjat aylanishi dasturida hujjatlarining yagona ma’lumotlar bazasi tizimini yuritadi;
ish yuritish jarayonlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Qoʻmita markaziy apparatining ichki hujjatlari:
ishlab chiqarish boʻyicha Buyruqlari, Hay’at Qarorlari va yigʻilishlari bayonnomalari, Ishchi majlislari bayonnomalari, Farmoyishlari, Apellyasiya Kengashi bayonlari va qarorlari, chora-tadbirlar, nazorat rejalari, rahbariyat topshiriqlarini roʻyxatga oladi va elektron koʻrinishda tarqatadi.
Qoʻmitaning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
Qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari yigʻmajildlar nomenklaturasini birgalikda ishlab chiqadi;
Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalaridan ish yuritilishi yakunlangan hujjatlarni idoraviy arxivga qabul qiladi, ularning hisobini yuritadi, saqlash ishlarini olib boradi;
joriy arxivning shakllanishini ta’minlaydi va hujjatlarni belgilangan tartibda Milliy arxivga topshirish ishlarini amalga oshiradi;
markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari, qoʻmitaning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda hujjatlar aylanishining yagona elektron avtomatlashtirilgan tizimini joriy qiladi;
markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlashni muvofiqlashtiradi va tasdiqlangan jadvalga muvofiq hujjatlar bilan ishlash holatini oʻrganishni amalga oshiradi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda zarur amaliy yordam koʻrsatadi, bu haqda qoʻmita rahbariyatiga ma’lumot kiritadi;
xodimlarga ish yuritish boʻyicha koʻrsatmalar beradi va amaliyot oʻtashini ta’minlaydi;
hujjatlar bilan ishlashda ishni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishi boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini yuritish, ijro intizomining avtomatlashtirilgan nazorati dasturida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, topshiriqlar va hujjatlarni shakllantirish, ularning ijrosini kuzatib borish va ijro intizomining natijalarini umumlashtirishni ta’minlash;
Ijro intizomining joriy (kunlik), oylik, choraklik tahlilini rahbariyatga taqdim etadi va tahlil natijalari boʻyicha ma’lumotlarni Qoʻmita Hay’ati yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
hujjatlar va topshiriqlarning harakati va hisobini yuritish, hujjatlarni yangi axborot texnologiyalari asosida nazorat va tahlil qilishning yagona tizimini takomillashtirish, shuningdek, nazorat sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va rahbariyatga kiritish;
Qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlari va Prezident Administrasiyasi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarorlari va topshiriqlari shuningdek, Qoʻmita Hay’ati va rahbariyati topshiriqlarining ijrosini sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish;
Ijro intizomining haftalik ogohlantiruvchi nazoratini tashkil etish, hujjatlarni shakllantirish, markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlariga belgilangan muddatda bajarilishi shart boʻlgan xujjat va vazifalar toʻgʻrisida javdal-eslatma koʻrinishidagi ma’lumotlarni qogʻoz va elektron shaklda taqdim etadi; mas’ul ijrochilar tomonidan nazorat hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi boʻyicha “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga ma’lumotlar va tasdiqlovchi hujjatlarning oʻz vaqtida kiritilishini muntazam nazorat va tahlil qilib borish;
Har chorak yakunlari boʻyicha hay’at yigʻilishlarida koʻrib chiqish va muhokama qilish uchun oʻtgan chorak yakunlari boʻyicha ijro intizomining holati toʻgʻrisidagi ijrochilar kesimidagi ma’lumotlarni tayyorlash va ularning mas’uliyatini oshirish uchun intizomiy choralar koʻrish va tegishli qarorlar qabul qilish uchun rahbariyatga taqdim etish;
Qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan topshiriqlarning ijrosi ta’minlanganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida xujjatlarni nazoratdan olish;
Qoʻmitaning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida ijro intizomi va nazoratni tashkil etish holatini rahbariyat tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan tizimli ravishda oʻrganib borish, oʻrganish natijalariga asosan roʻyxatga olishning yagona tizimini takomillashtirish, hisobga olish, harakati, tahlili va nazoratini takomillashtirish boʻyicha metodologik va amaliy yordam koʻrsatish.
Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari, hududiy organlar va idoraviy mansub tuzilmalarida ijro intizomi holati boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha rahbariyani xabardor qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish;
Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari ish faoliyatini natijadorligini baholaydi va rahbariyatga natijasi boʻyicha tahliliy ma’lumotlar kiritib boradi;
Qoʻmitaning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy organlarining oʻzaro samarali ishlashini ta’minlaydi;
Boshqarma qonun hujjatlariga, Qoʻmita raisi, Hay’at qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.