Raqobat qo‘mitasi respublikamiz miqyosida iste’molchilarning uy-joy va qurilish sohasidagi murojaatlarini muntazam ravishda hal etish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan,
Samarqand viloyati misolida fuqarolar va “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ o‘rtasida ko‘p qavatli uylarni xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalar bekor qilindi hamda to‘langan jami 387 mln so‘mga yaqin pul mablag‘lari iste’molchilarga korxona tomonidan qaytarilishiga erishildi.
Qashqadaryo viloyati misolida Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R. yangi xonadon sotib olish uchun “FAYZI HAMKOR QURILISH SERVIS” MCHJ bilan shartnoma tuzib, 16 500 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiradi. Ammo shartnoma shartlaridagi ayrim kamchiliklar sabab shartnoma bekor qilindi hamda 16 500 000 so‘m miqdordagi to‘lov fuqaroga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
Navoiy viloyati misolida Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro N.O‘ va “MEGA STORY GROUP ZARAFSHAN” MCHJ o‘rtasida shartnoma tuzilgan. Shartnomaga asosan, Zarafshon shahrida qurilayotgan 2 xonali bo‘lgan xonadonning umumiy bahosi 463 600 000 so‘m qilib belgilanganligi, shundan 88 000 000 so‘m to‘lovni amalga oshirganligi, fuqaro o‘z arizasiga binoan shartnomani bekor qilganligi, biroq “MEGA STORY GROUP ZARAFSHAN” MCHJ tomonidan qilingan to‘lovlarni o‘z vaqtida qaytarib berilmayotganligidan noroziligini bildirgan hamda murojaatchiga 80 000 000 so‘m pul mablag‘lari qaytarildi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyati hududiy boshqarmalari tomonidan quruvchi tashkilotlar (“AGROMIR BUILDINGS” MCHJ, “FAYZI HAMKOR QURILISH SERVIS” MCHJ va “MEGA STORY GROUP ZARAFSHAN” MCHJ) O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19 va 21 moddalariga zid ravishda ish tutgan deb topilib, iste’molchilar va quruvchi kompaniyalar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bekor qilindi hamda yangi xonadon sotib olish uchun qilingan barcha to‘lovlar murojaatchilarga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.