O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xususan, tashrif davomida quyidagi hujjatlar imzolandi:
– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Singapur Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Singapur Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Singapur Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
– O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur Respublikasi Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Singapur turizm boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
– O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur turizm agentliklari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Singapur hamkorlik agentligi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot sohasidagi qo‘shma faoliyat to‘g‘risida hamkorlik bitimi;
– O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Singapur Respublikasi Biznes federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.