2025-yil 10–11-oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi va BRICS Raqobat siyosati Markazi bilan hamkorlikda “Platformalar iqtisodiyoti: raqobat qonunchiligi va raqamli platformalarning bozor hukmronligi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Xalqaro konferensiya Buyuk Britaniya, Italiya, Shveysariya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Braziliya, Gruziya, Misr, Hindiston, Belorus va Qozog‘iston davlatlarining monopoliyaga qarshi davlat organlari , raqamli bozorlarni tartibga solish bo‘yicha regulyatorlar va ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, xalqaro tashkilotlarning yetakchi ekspertlari va raqamli platformalar vakillari ishtirok etmoqda.