#yoshlar_siyosati
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlar siyosatiga alohida e’tibor qaratilib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida izchil va samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Raqobat qo‘mitasi raisi H. Turaxujayev boshchiligida Bo‘ka tumanida yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning dardu tashvishlari, taklif va tashabbuslarini bevosita eshitish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishga xizmat qildi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Shuningdek, ishga muhtoj yoshlarga shu joyning o‘zida doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilib, tegishli tashkilotlar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Albatta, yoshlar – har qanday jamiyatning kelajagi, millatning ertangi kuni, davlatning tayanchi. Ularning qalbida ishonch va g‘ururni uyg‘otish, orzu-intilishlariga yo‘l ochish esa bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.








