«O‘zbekistonda raqamli platformalarning monopoliyaga qarshi tartibga solishning dolzarb masalalari” mavzusidagi tadbir davomida Jamoatchilik kengashi a’zolari ham taklif etildi. Unda kengash a’zolari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomlarga to‘xtalib o‘tdi jumladan tovar va moliya bozorlarida raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi yuzasidan jamoatchilik vakillari va tadbir ishtirokchilar bilan birgalikda muhokama qilishdi.
Shuningdek, Jamoatchilik kengashi a’zolari O‘zbekistonda raqamli platformalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini monopoliyaga qarshi tartibga solishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar hamda uning rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha jamoatchilik vakillari va Qo‘mita mas’ullari bilan fikrlar almashishdi.