Davlat organlari, yirik korxonalar va yuridik shaxs birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplayens tizimi majburiy joriy etilmoqda;
Ustun mavqeni e’tirof etish va bozor ulushi belgilash jihatlariga yangi mezonlar kiritildi;
Tabiiy monopoliya subyektlari ham ustun mavqega ega subyektlar qatoriga qo‘shildi;
Kartel kelishuvlaridan tashqari “o‘zaro kelishilmagan muvofiqlashtirilgan harakatlar” ham raqobatga zid harakat sifatida belgilanmoqda;
Insofsiz raqobat va uning qamrab olish jihatlariga o‘zgartirishlar kiritildi;
Davlat yordamini berishda uning raqobat muhitiga ta’sirini baholash bo‘yicha huquqiy ekspertiza o‘tkazish majburiy qilinmoqda.