Mazkur nizomga ko‘ra quyidagi yangiliklar qayd etilgan:
Tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish asosiy faoliyati hisoblangan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning bir qismida tarmoq infratuzilmasiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etiladi.
Asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tabiiy monopoliyalar sohasida faoliyat yuritganda tabiiy monopoliya subyektlari hisoblanmyadi. Bunda ushbu subyektlar tomonidan narxlar asossiz oshirilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi, tadbirkorlar va iste’molchilar huquqlari kamsitilishiga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari qo‘llaniladi.
Batafsil infografikada
Qaror bilan tanishish