O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida” 2021-yil 3-iyundagi 346-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 663-son Qarori 2023-yil 14-dekabrda qabul qilindi.
Qaror bilan Nizomga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
Davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
–besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxslari tashkil etilayotgan bo‘lsa;
-davlat ishtirokidagi korxonalarning raqobat rivojlangan sohalarda o‘z asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha faoliyat bilan shug‘ullanishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa;
-davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan raqobat rivojlangan sohalarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishi yoki undagi ulushni olishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa.