O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan xodimlar ishtirokida jamoaviy ruhiyatni shakllantirish hamda mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, maʼnaviy hordiq chiqarishga qaratilgan sayohatlar tashkil qilinib, turli koʻngilochar dasturlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan joriy yilning 21-avgust kunlari Qoʻmita va Qoʻmita huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK bir guruh xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining “Yusufxona.uz” tog‘ kurortida timbilding tashkil etildi.
Timbilding xodimlarning jamoaviy ruhini mustahkamlash uchun ajoyib motivatsiya bo‘ldi. Qolaversa, xodimlar orasida sport musobaqalari ham o‘tkazildi.