Farmonda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
ekskluziv huquqlar berilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning reyestri (ro‘yxati) joriy etiladi;
Raqobat qo‘mitasi tomonidan tarmoqdagi tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan uchrashuv o‘tkazish, raqobatga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
Tabiiy monopoliya, jumladan, elektr energiya, tabiiy gaz, temir yo‘llari, fuqaro aviatsiyasi, aeroport xizmatlari, avtomobil yo‘llari va telekommunikatsiya sohalarida mustaqil bozor regulatorlari instituti bosqichma-bosqich joriy qilinadi.