O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari U.Muhammadiyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Xorazm viloyating qator tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib ularning muammolarini o‘rganmoqda.
Respublika ishchi guruhi tarkibida Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov shuningdek, Savdo – sanoat palatasi, O’zsanoatqurilishbank va boshqa tashkilotlar rahbariyati viloyatning Shovot, Hazoraspasp, Yangibozor, Tuproqqalʼa tumanlarida tabdirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib ularning muammolarini o‘rganmoqda.
Jumladan, Raqobat qo‘mitasi vakillari viloyatning Shovot tumanida tadbirkorlardan qabul qilingan muammolar va ularni yechimi yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olishdi. Ushrashuvlar dasturi doirasida mavjud muammo va takliflar o‘rganilib, tadbirkorlar bilan muloqot oʼtkazildi.
Oʼz navbatida tadbirkorlar ham tashabbus, taklif va muammolari bilan oʼrtoqlashdilar.