O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni BAAning “SWS” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ahmad Al-Shamsiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Kompaniyaning O‘zbekiston hududlarida suv ta’minoti va suvni tozalash sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish, bunda xalqaro sheriklarni, shu jumladan Fransiyaning “SUEZ” va Yaponiyaning “Marubeni” kompaniyalarini jalb qilish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.