O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Dubay shahriga keldi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni BAA energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy kutib oldi.
Ertaga, 1-dekabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etadi hamda ushbu global sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.