O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun 30-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Dubay shahriga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, tashrif doirasida davlatimiz rahbari global iqlim sammitining yalpi sessiyasida nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.