O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni Dubay shahrida “Air Rrodusts” kompaniyasi boshqaruvi raisi Seyfi Gasemini qabul qildi.
Kompaniya bilan hamkorlikni, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbariga joriy loyihalarning borishi va yangilariga tayyorgarlik holati taqdimot qilindi.