“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani ma’lum qilingan (https://t.me/RaqobatGovUz/11567) edi.
Aholining faol ishtiroki bilan bu Strategiya xalqchil strategiyaga aylanmoqda.
Salkam bir oy davomida 3 ming 200 dan ziyod fikr-mulohazalar kelib tushdi. Jumladan, notarial xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish ulushini amaldagi 5 foizdan 30 foizga yetkazish to‘g‘risidagi taklif Strategiya loyihasiga kiritildi.
Jamoatchilik muhokamasi ertaga, 28 yanvar kuni yakunlanadi. Taklif bildirishga ulgurib qoling!
➡️uzbekistan2030.uz (https://uzbekistan2030.uz/uz-Cyrl/muhokama)
➡️regulation.gov.uz (https://regulation.adliya.uz/project/8712/22983?contentLang=oz)








