Joriy yilning 29-may kuni mazkur loyiha doirasida Raqobat qo’mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida qo’mita vakili hamda hududiy boshqarma rahabariyati boshchiligida Italiyalik ekspert Giorgio Magistrelli bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
G.Magistrelli iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda davlat va nodavlat idoralari faoliyati bilan tanishib, loyiha yuzasidan va o‘z tajribalari bo‘yicha Qo’mita vakillari, boshqarma mutaxassislari, Buxoro viloyati istemolchilar jamiyati federatsiyasi xodimlari va sohaga oid tashkilotlar mutaxassislari bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, ekspert tomonidan xorijiy davlatlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyoti, qonunchilik va tartibga solish tajribasi masalalari bo‘yicha boshqarma xodimlari uchun hududiy boshqarma binosida seminar tashkil qilindi.