Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bosqichi boshlandi
2026-yil 15-yanvar kuni soat 00:00 dan O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.
Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijda vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlarimiz uchun ham mavjud bo‘lib, ular istalgan joyda yagona identifikatsiya tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma quyidagi havola orqali taqdim etilgan: https://www.youtube.com/watch?v=emOwotRVK4c&t=224s
Shuningdek, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar orasida tasodifiy tarzda tanlanib, qimmatbaho sovg‘alar o‘ynab beriladi. Barcha fuqarolarni aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etishga chorlaymiz. Birga ro‘yxatdan o‘tamiz — birga kelajakni quramiz!








