Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi yog‘-moy korxonalari tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilmoqda.
Qo‘mitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “ZAMIN AGRO OIL” MChJ tomonidan paxta yog‘i, paxta shroti va paxta sheluxasi mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, 2024-yil 5-fevralda “ZAMIN AGRO OIL” MChJ tomonidan boshlang‘ich narxi 116 so‘mga yaqin 35 tonna paxta sheluxasi mahsuloti tasdiqlangan jadval asosida birja savdolari orqali sotilmaganlik holatlari aniqlandi.
Yuqoridagi aniqlangan holatlarga muvofiq, Qo‘mitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan yog‘-moy korxonasiga (“ZAMIN AGRO OIL” MChJ) nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-430-sonli qaroriga asosan, monopol bo‘lmagan va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan paxta texnik chigiti, paxta moyi (shu jumladan, ekstraksiya paxta moyi), qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) mahsulotlarini ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan.