Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilmoqda.
Qo‘mitaning Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil iyul-sentyabr oylari davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 6 ta klaster korxona tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida manipulyatsiya harakatlarini (grafiklarni bajarmaslik, kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilmaslik va mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari) sodir etganlik holatlari aniqlandi.
“NT IBRAT TEKSTIL” MChJ – 400,0 tn bug‘doy mahsuloti;
“LANKAVER LUX” MChJ – 6,5 tn paxta yog‘i mahsuloti;
“AKTASH-OIL” MChJ – 0,9 tn paxta yog‘i, 11,6 tn paxta shroti va 3,5 tn paxta sheluxasi mahsulotlari;
“ART SOFT TEX” MChJ – 200,0 tn texnik chigit va 120 tn paxta tolasi mahsulotlari;
“RAVSHAN-BOSIT HAMJIHAT SERVIS” MChJ – 90,0 tn paxta yog‘i, 90,0 tn paxta shroti va 45,0 tn paxta sheluxasi mahsulotlari;
“QO‘QON BARAKA YOG‘-MOY» MChJ – 116,9 tn paxta yog‘i, 3848,7 tn paxta shroti va 2723,9 tn sheluxa mahsulotlari.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan klaster korxonalariga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilib, tegishli choralar ko‘rildi.