Bugun “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yuksak mukofot jamiyat va davlat hayotida faollik ko‘rsatgan, oilaning farovonligi, onalik va bolalik muhofazasiga ulkan hissa qo‘shgan 331 nafar fidoyi ayollarga topshirildi.
Joriy yilda Respublika komissiyasiga taqdim etilgan nomzodlar orasidan turli sohalardagi yetakchi va tashabbuskor ayollar saralab olindi.
Quvonarlisi, e’tirof etilganlar orasida Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimasi Zulxumor Niyazmetova ham bor.
Tashabbuskorligi va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Zulxumor Kenjayevnani ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!