Memorandumning maqsadi raqobat siyosati sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish va buning natijasida davlatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun amaliy yechimlar, davlat boshqaruvi uchun institutsional innovatsiyalar ishlab chiqish tizimini yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish, talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligi o‘rtasida o‘zaro aloqani taʼminlash, inson resurslarini samarali boshqarishning zamonaviy tizimlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ular bilan ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, raqobat siyosati va monopoliyaga qarshi tartibga solish yo‘nalishida kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni hamkorlikda ishlab chiqish, Tomonlarning kadrlar salohiyati va tajribasidan unumli foydalanish hamda bu bo‘yicha taʼlim dasturlarini, maqsadli amaliyot va stajirovka rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat.