Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi qonun buzilish holatlarini aniqlamoqda
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan joriy yil birinchi yarim yilligida 43 645, mln. so’mlik 191dan ortiq tanlov(tender) savdolarida o’rganishlar o’tkazilgan bo’lib, shundan 97 tasida «Raqobat to’g’risida»gi qonun talablari buzilish holatlari aniqlandi. Aniqlangan 36 ta qonunbuzilishi holatlari yuzasidan huquq tartibot organlariga ma’lumotnomalar kiritildiva61 ta holat yuzasidanish qo’zg’atilib qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo’yicha bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar berildi.
Bundan tashqari o’rganishlar natijalariga ko’ra 2022 yil 7 iyunda buyurtmachi Uchquduq tuman Maktabgacha ta’lim bo’limi tomonidan 5-sonli MTT binosini 279,5 mln. so’mga joriy ta’mirlash bo’yicha o’tkazilgan elektron eng yaxshi takliflarni tanlash savdosida “Raqobat to’g’risida”gi qonunning 14-moddasi talablari bo’zilganligi aniqlandi va Hududiy boshqarmaning joriy yil 17-iyundagi T-6/02-1452-sonli xati bilan ixtiyoriy ravishda buyurtmachi-xarid komissiyaning 28.06.2022 yildagi 33-sonli yig’ilish bayoniga asosan mazkur tanlov bekor qilinib, qayta tanlovga qo’yilishi oqibatida murojaatchi-tanlov ishtirokchisi «GARANT UCHQUDUQ» MCHJ ni huquqlari tiklandi.