O‘rnatilgan xalqaro hamkorlik doirasida, joriy yilning 10-13-oktyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) bilan hamkorlikda “Raqobatbardoshlikni ta’minlashning adolatli bozor shartlari” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida xalqaro seminar-trening o’z ishini boshladi.
Seminar-treninga xalqaro ekspertlar Sabine ZIGELSKI, Raqobat bo‘yicha katta ekspert, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) Moliya va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha direksiyasi bosh eksperti, Renato FERRANDI, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) Moliya va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha direksiyasi bosh eksperti, Bogdan CHIRITOIU, Ruminiya Raqobat Kengashi Prezidenti va Francheska BOTTI, Buyuk Britaniyaning raqobat va bozorlar idorasining (monopoliyaga qarshi organi) iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchisi ishtirok etishmoqda.
Tadbirning birinchi kunini Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari Asadulla Qayumov ochib berdi. Shuningdek, seminarda Qo’mitaning boshqarma boshliqlari, mutaxassislari, hududiy boshqarmalar mas’ul xodimlari, Davlat organlari va monopol korxonalardagi monopoliya qarshi komplaens mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.