Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Moliyaviy savodxonlik” va “Isteʼmolchilar muammolari bilan ishlash” mavzularida respublikamiz bo‘ylab o‘tkaziladigan o‘quv seminarlarga start berildi.
Xususan, joriy yil 28-noyabrda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand xalqaro Turizm universiteti va Toshkent Iqtisodiyot universitetining Samarqand filialida moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha qator seminarlar o‘tkazildi. Ushbu seminarlar respublika bo‘ylab 20-dekabrgacha davom etadi.
O‘tkazilayotgan o‘quv seminarlarida talabalarga isteʼmolchilar huquqlari haqida tushuncha berib o‘tiladi va eng ko‘p uchraydigan xatolik va firibgarlik hiylalari haqida maʼlumot berib o‘tiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad aholining moliyaviy xizmatlar bo‘yicha foydalanishdagi huquqiy savodxonligini oshirishdir.
Mazkur tadbirlar German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.