“MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” ONLAYN OLIMPIADASI G‘OLIBLARI
📣 Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda
🔴 Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.
🏆 G‘oliblar:
1️⃣Xudoyqulova Mehrigul Shoynazar qizi
O‘zbekiston Milliy universiteti 2-bosqich talabasi;
2️⃣Muxtorova Mohira Ravshan qizi
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti 2-bosqich talabasi;
3️⃣Jurayev Ozodbek Usmon o‘g‘li
Toshkent xalqaro Vestminster universiteti 3-bosqich talabasi;
4️⃣Ilyosova Mehinbonu Jasurbek qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti 1-bosqich talabasi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan talabalar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida bu kabi tanlovlar bir necha yillardan beri o‘tkazib kelinmoqda.








