Axborot texnologiyalari va texnologik yechimlar, mobil ilovalar yo‘nalishida: MY.GOV.UZ portali va «Soliq» mobil ilovasi g‘olib deb topildi. Bu chinakam xalq tanlovi bilan g‘oliblar aniqlanganining bir isboti deb ayta olamiz.
Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Kudbiyev ham ishtirok e’tib, «Soliq» mobil ilovasi xalq tanlovi bilan g‘olib deb topilgani va ushbu soha rivojlanishida qo‘shayotgan hissasi uchun Forum tashkilotchilariga xususan, Raqobat qo‘mitasiga o’z minnatdorchiligini bildirdi.