Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi o’rinbosari B.Ummatov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatida mahallabay ishlash tizimi bilan tanishdi. Hududda amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha taqdimotlarni Qo’mitaning hududdagi doimiy vakili, boshqarma boshlig’i Otabek Usmonov ishchi guruhga batafsil tanishtirdi. Ishchi guruh, xududiy boshqarma bilan birgalikda, viloyatning Namangan shahar, Davlatobod, To’raqo’rg’on va Kosonsoy tumanlarida amaliy ish natijalari va ularning birinchi yarim yillikdagi samaradorligini o’rgandi.
Shuningdek, hududda doimiy faoliyat olib borilayotgan Respublika vakillari ish faolyatlari o’rganildi.
Jumladan, Namangan shahar hududidagi «Barkamol avlod» yoshlar sanoat majmuasi, «Lola» MFY xizmat ko’rsatish loyihalari, Davlatobod tumani «YUksalish» mavzesidagi xunarmandchilik loyihasi, «Gulobod» MFYdagi mahallani asalarichilikka ixtisoslashtirilgan loyihasi, To’raqo’rg’on tumani «Kuymazor» MFYdagi kichik sanoat korxonasi va savdo kompleksi, Kosonsoy tumani » Namuna» mahallasidagi kichik sanoat korxonalari va parrandachilik kompleksi faoliyatlari bilan tanishildi.
O’rganishlar natijasida mavjud muammolarni hal etish bo’yicha masu’llarga zarur topshiriqlar berildi. YAngi tizimning amaliy ish natijalari e’tirof etildi.