Xabaringiz bor joriy yilning 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–296-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur Prezident Qarori bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yana-da yaxshilash, davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari belgilab berildi.
Ushbu belgilangan chora tadbirlar Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar jamiyatimizda ijobiy natijalar keltirib chiqarishga xizmat qiladi. Bu bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi takomillashadi va jamoatchilik nazorati yana-da kuchaytiriladi.
Yuqoridagilarning amaliy isboti sifatida, Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ijtimoiy buyurtma shakllantirilgan edi. Unga ko‘ra xususiy tibbiyot tashkilotlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlar (xususiy tibbiyot tashkilotlarining 85 foizi (7 284 tasi) qamrab olingan) o‘tkazilib, quyidagilar aniqlandi.
Ma’lumot uchun: Xususiy tibbiyot tashkilotlari soni 2024-yil 1-yanvar holatiga 8 343 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil 1-yanvarda 8 486 tani tashkil etgan.
Jumladan,
🔘27,4 foizi (2000 tasi) amalda ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritmayotgan;
🔘3 foizida (235 tasi) peshlavhalari mavjud emas;
🔘47 foizida (3 428 tasi) tashqi reklama obyektlari joylashtirilgan;
🔘20 foizida (1 460 tasi) axborotlar davlat tilida berilmagan;
🔘61,5 foizida (4 483 tasi) xizmatlarning narxnomalari ko‘rsatilmagan.
Bundan tashqari, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tahlil qilinganda, ayrim tibbiyot tashkilotlarining litsenziyasida mavjud bo‘lmagan faoliyat bilan ham shug‘ullanayotganlik holatlari aniqlangan.
🔘 Samarqand viloyatida
“AFX DARDGA SHIFO” klinikasi;
🔘 Surxondaryo viloyatida
“NIGORA PLUS CHAROS MED” klinikasi;
“SHEROBOD SHIFO MASKANI” klinikasi;
🔘 Toshkent viloyatida
“QIZILTOG DENTAL” klinikasi;
“MUROD YORQIN NAJOT” klinikasi;
“SHIRCHIQ ZINNURA STOM” klinikasi;
“TURSUNOY FAXR STOM” klinikasi;
“BULOQBOSHI SOG’LOMLASHTIRISH KLINIKASI” klinikasi,
🔘 Farg‘ona viloyatida
“ZAYLOBIDDIN SHIFO NUR” klinikasi;
“U-SHIFO CENTER” klinikasi;
Yuqorida aniqlangan holatlar yuzasidan, to‘plangan ma’lumotlar belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun mutasaddi tashkilotlariga taqdim etildi.
Bundan keyin ham Raqobat qo‘mitasi nodavlat notijorat tashkilotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamoatchilik nazorati elementlarini rivojlantirishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi.