Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni Parlamentning oʻn ikkinchi chaqiriq XI sessiyasida qabul qilingan.
О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – xalqimiz taraqqiyotining huquqiy poydevori” va “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda yuridik fanlari doktori, professor, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Muxiddinova Feruza Abdurashidovna ishtirok etdi.