O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi jarayonida mazkur tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarga respublikaning pozitsiyasi va tegishli hujjatlarini sifatli va o‘z vaqtida tayyorlash maqsadida joriy yilning 25-noyabr kunida Qo‘mita binosida xalqaro ekspert Viktor Kroshet, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakili hamda Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev, shuningdek Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari boshliqlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida O‘zbekistonnning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha Ishchi guruhining navbatdagi 6-yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda JSTga a’zo bo‘lishga doir materiallar hamda hujjatlarning Qo‘mita faoliyatiga tegishli qismlari bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar, raqobatni ta’minlashda davlat siyosati, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar sonini qisqartirish, yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni tovar-xomashyo birjasida sotish mexanizmlarini kengaytirishga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.