Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi.
Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida 17-may kuni Qo’mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligida jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda yirik ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar vakillari hamda sohaga doir vakolatli organlarning ma’sul mutaxassislari bilan 256-son qarorning belgilangan masalalari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Tabiiy monopoliyalar va raqobatga qarshi kelishuvlarni aniqlash, tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeini yoki ustun muzokara kuchini hamda raqamli platformalar operatorlarining ustun mavqeini aniqlash va e’tirof etish kabi mavzular ko‘tarildi.
Tabiiy monoliyalarni tartibga solish soddalashtirilayotgani sohaga muhim ahamiyat kasb etishi hamda subyektlarning ustun mavqeini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi haqida so‘z yuritildi.
Raqobat qo‘mitasi mutaxassislari mazkur qarorning samarali amalga oshirilishi va qat’iy nazorat qilinishi yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar.