Denov tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi I.Abrorov ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari ta’lim, kredit, kommunal sohasida va yer ajratish to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar.
Xususan, Denov tumanida istiqomat qiluvchi S.Saidov xususiy bog‘cha ochish, G.Chochiyeva kredit olish, D.Raxmatova oilaviy bog‘cha ochishda bino topish va Sh.Navbatova bog’chani ichimlik suvi bilan taminlash borasidagi murojaatlari ham qabul qilinib tegishliligi bo‘yicha ijroga yo‘naltirildi.