Joriy yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda o’tkazildi. Unda Qo’mita tomonidan 2023-yil yakunlari va 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar muhkoma qilindi.
Yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar atroflicha ko’rib chiqildi. Qo’mita oldida turgan ustuvor vazifalarni samarali tashkil etish va sohadagi tizimli islohatlarni ta’minlash yuzasidan Qo’mita tizimidagi barcha xodimlarning mas’ul ekanligi belgilandi.
Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy organlarining mas’ullariga maqsadli ko’rsatkichlarga erishish yuzasidan yangicha ishlash mexanizimini yo’lga qo’yilishi tushuntirib o’tildi.
Shuningdek, Raqobat qo‘mitasining 2024-yil yakuniga qadar erishlishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.