Joriy yiling 28-may kuni Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashish va tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolarni o’rganish maqsadida Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan “YAKKASAROY KICHIK SANOAT ZONASI” DUKka tashrif buyurdi.
Shuningdek, ishchi guruh Sergeli tumanida joylashgan “INTER GRAIN TERMINAL” MChJda ham bo‘ldi. Unda mazkur MChJ balansidagi temiryo‘ldan foydalanish tarifi bo‘yicha bildirilgan e’tirozlar yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi va ularning murojaatlari o‘rganib chiqildi.
Uchrashuvlar davomida “RAVSHAN YODIK PRODUCTION” MChJ rahbari R.Bo’riev tomonidan tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirishdagi mumamolari, “GREENCODE LAZER” MChJ rahbari J.Sultonovning elektr energiysi yetkazib berish uchun to’gridan-to’gri “TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI” AJ korxonasi bilan shartnoma imzolash masalasini ko’rib chiqish va “ALL SOLAR” MChJ rahbari M.Tilavovlarning chet ellik investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalarda ma’lum bir miqdorda mahalliy korxonalar ishtirok etishi majburiyati kiritish bo’yicha taklif ishlab chiqish kabi murojaatlari o‘rganib chiqish uchun qabul qilindi.