Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022 yilning 9 oyi mobaynida Jizzax viloyatining 12 tuman va shahar hokimliklari hamda 3 nafar mahalliy davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan 7706 ta qaror, 2203 ta farmoyish, 216 ta ichki yig’ilish bayonlari, 33 606 ta chiqish xatlar, 925 ta buyruq, jami 44 656 ta xuquqiy-normativ hujjatlar xatlovdan o’tkazildi.
O’rganish jarayonlari “ex-post” usulida o’tkazilgan bo’lib, jami 64 ta xujjatlarda O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonuni talablari buzilganligi aniqlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktabrdagi 225-sonli qarori va tasdiqlangan Nizomning tegishli bandlariga asosan hokimliklar va mahalliy davlat boshqaruvi organlarigaish qo’zg’atilgan.
Hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tegishli qarorlariga asosan qabul qilingan hujjatlarni qonunga muvofiqlashtirish yoki bekor qilish hamda kelgusida bu kabi qonun buzilish holatlarini oldini olish yuzasidan bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatma berildi.
Ko’rsatmaga asosan O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonuni talablari buzilishi holatlariga yo’l qo’yilgan jami 64 ta, tuman (shahar) hokimliklarining 7 ta qarori bekor qilindi, 15 tasi qonunga muvofiqlashtirildi, 9 ta farmoyishi hamda 6 ta chiqim xatlar ijrosi 27 ta ijro xarakteriga ega bo’lgan xatlari ijrosi tugatilib, bekor qilindi.