Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida “Jamoam – mening oilam va imkonim” mavzusida xodimlar ishtirokida ish unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi, kasbiy mahoratini yuksaltiruvchi va xodimlarga motivatsiya beruvchi ma’naviy psixologik trening tashkil etildi.
Unda Qo‘mita va Agentlik hamda Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlari ishtirok etishdi.
Treningni falsafa fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, xalqaro toifadagi spiker, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Shermuhammedova Jamila Toshpo‘latovna olib bordi.
Jamila Toshpo‘latovnaning milliy o‘zlikni anglash, zamonaviy boshqaruv modellari, jamoada birdamlik, shaxsiy fazilatlarni rivojlantirish usullari kabi bugungi kunning eng dolzarb masalalari haqidagi fikrlarini Qo‘mita xodimlari katta qiziqish bilan tinglashdi.
Kichik guruhlarga bo‘linib, turli mashqlar yordamida jamoaviy ishlashlari orqali xodimlar motivatsiya olib, yana bir bor Qo‘mita bilan birga o‘sish va raqobat muhitini yana-da rivojlantirish istaklari mustahkamlanganini ta’kidlashdi.