Har bir fuqaro tovar yoki xizmat xarid qilganda iste’molchi huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni iste’molchi manfaatlaringiz himoyalanishini ta’minlaydi.
Quyidagi asosiy qoidalarni bilib olish muhim!
Iste’molchilarning asosiy huquqlari:
1. Ma’lumot olish
Iste’molchi tovar yoki xizmat haqida to‘liq va haqqoniy ma’lumot olish huquqiga ega (4-modda)
2. Tovar va xizmatlarning xavfsizligi
Mahsulotlar va xizmatlar inson salomatligi, hayoti, mol-mulki va atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lishi kerak (4-modda)
3. To‘lovlarning qoplanishi
Agar tovar yoki xizmat zarar yetkazgan bo‘lsa, iste’molchi to‘liq moddiy va ma’naviy zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega (4-modda)
4. Tanlash huquqi
Iste’molchi bozorda erkin tanlov qilish huquqiga ega (4-modda)
Bu huquqlarni bilish sizga o‘z manfaatlaringizni himoya qilishda yordam beradi, shuningdek, tadbirkorlarni sifatli tovarlar va xizmatlar ko‘rsatishga undaydi.
Qonun matnini to‘liq o‘qish uchun quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni