Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan yana bir fuqaroning muammosi hal etildi.
Fuqaro M.Ergashev, “GARANT BUILDER” MChJ bilan 2022-yilda rasmiylashtirilgan shartnomaga asosan, yangi xarid qilgan xonadoni o‘z vaqtida bitkazib berilmayotganligi yuzasidan norozi bo‘lib dastlabki investitsion badal to‘lovi sifatida to‘langan 55 000 000 so‘m to‘lovni qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan.
Murojaatni o‘rganish natijasida quyidagilar aniqlangan, ushbu holatda “GARANT BUILDER” MChJ Fuqaro M.Ergashev bilan tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasiga asosan, ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart. Shuningdek, 21-moddasi ikkinchi xatboshiga asosan, sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki ushbu holatda qonun talablari buzilishi holati mavjud.
Ushbu holat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, murojaatchiga 55 000 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘i qaytarib berilishi ta’minlandi.