#Iste’molchi_murojaati
“Iste’molchi murojaati” yangi elektron tizimi ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Raqobat qo‘mitasi tomonidan «Iste’molchi murojaati» elektron tizimi yaratilib, joriy yilning 1-dekabridan boshlab ishga tushirildi.
Ushbu platforma orqali jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini onlayn shaklda yuborishi, ko‘rib chiqilish jarayonini real vaqt rejimida kuzatishi va yakuniy natija bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.
Endilikda iste’molchilar o‘z murojaatlarini “Fair tech” yagona axborot tizimi (https://cabinet.fairtech.uz/ariza/default) orqali yoki o‘zlariga qulay bo‘lgan usullarda “Play market” (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.raqobat.fairtech_mobile) va “App store” (https://apps.apple.com/uz/app/fair-tech/id6505064805) platformalariga joylashtirilgan ilovalar orqali qulay va tezkor yuborish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.








