Tadbirni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Asadulla Qayumov kirish so’zi bilan ochib berdi.
A.Qayumov kirish so‘zida bozordagi raqobatning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlab, sog‘lom raqobat iste’molchilar uchun bozordagi tovar va xizmatlar xilma-hilligini oshirishga yordam berishini va korxonalarni xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlariga rioya qilishga undashini ta’kidladi.
Shuningdek, Jamoatchilik kengashi a’zolari ham ushbu tadbirda ishtirok etib o’z fikirlarini bildirib o’tdi. Xususan kengash a’zosi Sh.Sharaxmetov o’z nutqda bozordagi shaffoflik va adolatni ta’minlash, iste’molchilar va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay muhit yaratish muhimligi haqida so‘z yuritdi.
Bundan tashqari ushbu tadbir davomida, B.Аtаxanov Qo‘mita faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish yo‘nalishida keng ko’lamli ishlar olib borilayotgani ham takidlab o’tdi