Raqobat qo‘mitasi va uning huzuridagi Tadqiqotlar markazi tomonidan har hafta tovar bozorlarining mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi bo‘yicha tahlil natijalari o‘z resurslari (https://t.me/RaqobatGovUz) orqali e’lon qilib borilmoqda.
Endilikda, nafaqat umumiy bozor ko‘rsatkichlarini, balki sizni qiziqtirgan mahsulot va yo‘nalishlar bo‘yicha ham alohida tahlil ishlari olib boriladi.
Ushbu tahlil natijalari orqali: ➡️ Ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar — mahsulotlariga bo‘lgan talab va raqobat muhitini aniqroq bilib, kelgusidagi faoliyatlarini shu asosida davom ettirishlari mumkin.
➡️ Investorlar — bozor imkoniyatlarini chuqurroq anglab, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishlari,
➡️ Korxona va tashkilotlar esa — kelgusidagi rejalarini ilmiy asoslangan ma’lumotlarga tayangan holda shakllantirishlari va yo‘lga qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.
Shu bois, o‘zingizni qiziqtirgan mahsulotlar va yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tahlil natijalarini olishni istasangiz, bizga murojaat qiling va biznesingizni biz bilan rivojlantirib mamlakatimiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing.
Raqobat qo‘mitasi ekspertlari mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi bo‘yicha tahliliy yechimlar tayyorlashga doimo tayyor!
Quyidagi havola (https://raqobat.gov.uz/ishlab-chiqaruvchi-va-tadbirkorlar-korhona-va-tashkilotlar-diqqatiga/) yoki telefon raqam ( 71 207 47 00 (302) orqali murojaat qilishingiz mumkin.