Raqobat qo‘mitasi tomonidan BAA davlatida ro‘yxatga olingan “Acuva Industries FZCO” kompaniyasining “Steel Special Decor” MChJ XKning ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
“Acuva Industries FZCO” kompaniyasi – sanoat kimyoviy moddalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot;
“Steel Special Decor” MChJ XK qora metalldan sim ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitim tovar bozorida raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish hamda bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.