Raqobat qo‘mitasi tomonidan “MAKESENSE” MChJ XK tomonidan “ARHAT GRAVURE» MChJning ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun,
“MAKESENSE” MChJ XK – “Uzum nasiya” elektron platformasida mahsulotlarni bo‘lib to‘lash loyihasiga shu’ba korxonalari orqali investitsiyalar kiritish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot;
“ARHAT GRAVURE» MChJ telekommunikatsiya uskunalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan kompleks tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mazkur bitim tovar bozorida raqobatni cheklashga yoki monopoliyani shakllantirishga olib kelmaydi.
Shu munosabat bilan, Maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitim yuzasidan raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablar asosida rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.