IQTISODIY KONSENTRATSIYA BITIMIGA ROZILIK BERILDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan “RG Brands South” MCHJ XK tomonidan “Southhub” MCHJning 100 foiz ulushlarini olishi bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
🔘“RG Brands South” MCHJ XK oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot;
🔘“Southhub” MCHJ spirtsiz ichimliklar, mineral va boshqa turdagi ichimliklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar tovar bozorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish hamda bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.








