Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridandir.
9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov Qo‘mita tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib, ustozlik qilib kelayotgan faxriy xodimlarni bayram bilan tabrikladi.
Shuningdek, Qo‘mita faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurilib, nuroniy faxriylarimiz bilan dildan suhbat qilindi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.